Toshkentda minglab xonadonlarga gaz etkazib berish vaqtincha to`xtatiladi
Ta`mirlash ishlari tufayli Sergeli tumanining ayrim hududlariga 26 iyun kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz etkazib berish vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar berdi.
Aholi iste`molchilari soni:
“Sohibqiron” MFY 15 ta ko`p qavatli uylardagi 936 ta xonadon;
“Yangi Sergeli” MFY 28 ta ko`p qavatli uylardagi 1137 ta xonadon;
“Ezgulik” MFY 26 ta ko`p qavatli uylardagi 1699 ta xonadon;
“Daryo bo`yi” MFY 1120 ta erli xonadon.
Ulgurji iste`molchilar soni — 52 ta.
Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta`minoti filiali iste`molchilardan uzr so`raydi.






