AsosiyJamiyat

49 nafar ishchi-xodimlarning ish haqlari undirib berildi

'49 nafar ishchi-xodimlarning ish haqlari undirib berildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga ko`ra ish beruvchi o`zining moliyaviy holatidan qat`i nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq ushbu kodeksda ko`rsatilgan muddatlarda to`lashi shartligi, mehnatga haq to`lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa normativ hujjatda belgilanishi va har yarim oyda bir martadan kam bo`lishi mumkin emasligi ko`rsatilgan.

Biroq, xodimlarning ish haqlarini noto`g`ri hisoblash, og`ir mehnat sharoitlarini inobatga olmaslik yoki ish haqlarini o`z vaqtida bermaslik holatlari hamon uchrab turibdi.

Huquqlari buzilgan xodimlar ish haqlarini sud tartibida undirishga  majbur bo`lishmoqda. Ayrim hollarda esa, bu ish uzoq muddat davom etmoqda.

Byuro organlari ish yurituvidagi ish haqi va unga tenglashtirilgan to`lovlarni undirish haqidagi sud qarorlari ijrosini ta`minlash doimiy nazorat olingan bo`lib, bu borada muayyan ishlar qilinmoqda.

Misol uchun, fuqarolik ishlari bo`yicha G`ijduvon tumanlararo sudining qarorlariga asosan qarzdor “Shofirkonmaxsussuvpudrat” MChJdan undiruvchi 49 nafar ishchi xodimlar foydasiga ish haqi undirish to`g`risidagi ijro hujjatlari Byuroning Shofirkon bo`limi ish yurituviga kelib tushgan va shu kunning o`zida ijro ishi yuritishni qo`zg`atish to`g`risida qaror qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishilgan.

Bo`lim xodimlari tomonidan amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor jamiyatdan jami 343,1 mln. so`m miqdoridagi mablag` undirilib, 49 nafar ishchi-xodimlarining bank plastik kartalariga ko`chirib berildi va ijro ishlari amalda tamomlandi.

    Boshqa yangiliklar