“Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to`g`risida“ O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e`lon qilindi.
Mamlakatimizda yoshlarni qo`llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida o`zining yuksak azmu shijoati, bilim va salohiyati, iste`dod va qobiliyatini namoyon etib, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan Yangi O`zbekiston taraqqiyotiga, uning shon-shuhratini jahon miqyosida yanada yuksaltirishga munosib hissa qo`shayotgan, el-yurtimizga mehr va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga har tomonlama o`rnak bo`lib kelayotgan quyidagi tashabbuskor va etakchi yoshlarimiz «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlandi:
Kuanishbaeva Gulayim Maxambetali qizi - Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich talabasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Srajatdinov Amanbay Konisbay uli - Nukus shahridagi «Real Innovatsiya NKS» nodavlat ta`lim muassasasi rahbari, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Turdaliev Sardorbek Sherali o`g`li - Baliqchi tumanidagi «Academy IT Star» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati
Xaytaxmatova Dilnavoz Alijon qizi - Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetining 2-bosqich talabasi, Andijon viloyati
Obloqulova Dilafruz Shuhrat qizi - Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasining raqamlashtirish va matbuot xizmati bo`yicha bosh mutaxassisi
Ostonov Og`abek O`lmas o`g`li - Jondor tumanidagi «Sharif Nafosat» mas`uliyati cheklangan jamiyati ish yurituvchisi, Buxoro viloyati
Sattorov Elbek Xoliqul o`g`li - Baxmal tumanidagi «Azzam Elbekovich» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati
Hoshimova Shaxlo Ulug`bek qizi - Jizzax politexnika institutining qishloq xo`jalik va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash kafedrasi assistenti, Jizzax viloyati
Pardaev Ulmasjon Dovurpulat o`g`li - Muborak tumani «Bo`ston» mahalla fuqarolar yig`inidagi yoshlar etakchisi, Qashqadaryo viloyati
Xo`jaeva Roxilabonu Saidusmon qizi - «Uzbekistan GTL» mas`uliyati cheklangan jamiyatining markaziy laboratoriyasi laboranti, Qashqadaryo viloyati
Bafoev Sherzod Ixtiyor o`g`li - Konimex tumanidagi «Boymurod» oilaviy shifokorlik punkti shifokori, Navoiy viloyati
Saidova Sevinch Asatillo qizi - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining «Navoiy mashinasozlik zavodi» ishlab chiqarish birlashmasi kran mashinisti, Navoiy viloyati
Nabixonova Masturaxon Ibrohimxon qizi - O`zbekiston yoshlar ittifoqining Namangan davlat pedagogika institutidagi boshlang`ich tashkiloti etakchisi, Namangan viloyati
Xusanov Muxammadali Alisher o`g`li - Uychi tumanidagi «Sanlitun» mas`uliyati cheklangan jamiyati ish boshqaruvchisi, Namangan viloyati
Anorov Bohodir Qobiljon o`g`li - Payariq tumanidagi 84-umumiy o`rta ta`lim maktabining ingliz tili fani o`qituvchisi, Samarqand viloyati
Shodieva Madina Nuralievna - Samarqand shahridagi Registon ansamblini ta`mirlash va undan foydalanish direksiyasi gid-ekskursovodi, Samarqand viloyati
Ortiqboeva Hilola G`ulomjon qizi - Kurash bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi, Sirdaryo viloyati
Turdiqulov Islom Hayitboy o`g`li - Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangier filiali kimyo-texnologiyalar kafedrasi dosenti, Sirdaryo viloyati
Ashurova Maftuna Ortiq qizi - Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining raqamli iqtisodiyot kafedrasi o`qituvchisi, Surxondaryo viloyati
Xudoyberdiev Shahzod Farxodovich - Sho`rchi tumani yoshlar ishlari bo`limi boshlig`i, Surxondaryo viloyati
G`ofurova Dinora Alisher qizi - «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyatining «O`zbekiston» lokomotiv deposi «Afrosiyob» yuqori tezyurar elektropoezdi mashinisti yordamchisi, Toshkent viloyati
Raxmatullaev Farxodjon Rustamjon o`g`li - Quyi Chirchiq tumanidagi «Sofia Ticaret» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
Xasanov Xayitboy Xisenjonovich - So`x tumani «Sarikanda» mahalla fuqarolar yig`inidagi yoshlar etakchisi, Farg`ona viloyati
Xoliqova Gulira`no Yulchiboy qizi - Rishton tumanidagi «Xoliqov Yo`lchiboy» fermer xo`jaligi boshlig`i, Farg`ona viloyati
Ollaberganova Muyassarxon Davlatboy qizi - Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali 1-bosqich magistranti, Xorazm viloyati
Yuldoshev Usmonbek Umarbek o`g`li - Urganch shahridagi «Glass Pro» mas`uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Xorazm viloyati
Ne`matov Miraziz Mirali o`g`li - Mirzo Ulug`bek tumanidagi «Tanlanganlar» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri
Xushvaqtova Mo`tabar Safar qizi - Ijtimoiy tarmoqlardagi «Urikguli» ekologik blogi asoschisi, Toshkent shahri
Zaripova Barno Ikrom qizi - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani o`qituvchisi
Ismatov Mirshoxid Rivojiddin o`g`li - O`zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi «Loyihalar boshqaruvi markazi» nodavlat notijorat tashkiloti videomontajchisi
Mullodjanova Munisa Axmadjonovna - O`zbekiston volontyorlar assosiasiyasi loyiha menejeri
Nabijonov Baxodirbek Sodiqjon o`g`li - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining qon tomir xirurgiyasi va buyrak transplantasiyasi bo`limi jarrohi
Tulanova Sevaraxon Baxodirjon qizi - Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san`ati instituti uslubchisi
Eshonqulov Muhammadali Olimjon o`g`li - «Yuksalish» nodavlat ta`lim muassasalari ta`sischisi
Yusupova Aysanem Azatovna - O`zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi a`zosi, kinoaktyor






