Ichki ishlar vazirligining tegishli elektron bazasida texnik uzilishlar kuzatilayotganligi sababli migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish hamda yo`l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni to`lash bilan bog`liq davlat xizmatlarini ko`rsatish imkoniyati cheklanmoqda.
2024 yil 26 iyun kunidan boshlab texnik muammo bartaraf etilguniga qadar bo`lgan davr ichida jarima qarorlarining o`tib ketgan imtiyozli davri avtomatik ravishda qayta tiklab beriladi.






