AsosiyJamiyat

Yong`in tunda boshlangan. Vaziyat to`liq nazoratga olindi (video)

'Yong`in tunda boshlangan. Vaziyat to`liq nazoratga olindi (video)'ning rasmi

Bugun, 28 iyun kuni soat 01:12 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Beruniy ko`chasida joylashgan Chorsu bozori hududidagi savdo do`konlarida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko`ra, 12 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 01:17 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 02:22 da qurshab olingan va yong`in soat 02:47 da to`liq bartaraf etilgan.

Yong`in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to`g`risida xabar kelib tushmagan.

Vaziyat to`liq nazoratga olingan. Hodisa joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri etib borgan.

Hodisa joyida favqulodda vaziyatlar vaziri va tegishli tashkilotlar rahbarlari o`rganish ishlarini olib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar