1

O`zbekistonda xususiy o`quv markazlari reytingi tuziladi

Jamiyat 28.06.2024, 15:22
O`zbekistonda xususiy o`quv markazlari reytingi tuziladi

1 oktyabrdan O`zbekistonda har yili xususiy o`quv markazlarining reytingi tuziladi. Bu haqda prezidentning 27 iyundagi "Yoshlarni xorijiy tillarga o`qitish tizimi samaradorligini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi qarorida so`z boradi.

Hujjatga ko`ra, reyting Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan shakllantiriladi hamda uning rasmiy veb saytida e`lon qilib boriladi.

Reyting natijalariga ko`ra, olis va chekka hududlarda faoliyat ko`rsatuvchi eng yuqori ko`rsatkichga ega 100 ta xususiy o`quv markazining ta`lim jarayonida foydalanadigan bino va inshootlar uchun ijara to`lovi xarajatlarining bir qismi kompensasiya qilinadi.

Bundan tashqari, 2024−2026 yillarda xorijiy til filologiyasi ta`lim yo`nalishining S1 darajadagi sertifikatga ega 3-4-kurs talabalari umumiy o`rta, o`rta maxsus va professional ta`lim tashkilotlarida o`qituvchi sifatida ishlashiga ruxsat beriladi.

Qarorda yangi o`quv yilidan ota-onalar va o`quvchilar talabidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablar va kasb-hunar maktablarida chet tili sifatida nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillarini o`qitishni yo`lga qo`yilishi aytiladi.

2025 yil 1 yanvargacha ingliz tili, keyingi yillarda boshqa xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni o`rgatish bo`yicha dunyoning etakchi markazlari, oliy ta`lim tashkilotlari bilan hamkorlikni yo`lga qo`yiladi hamda ularning xalqaro ta`lim standartlariga mos ta`lim dasturlari "Ibrat farzandlari" va "Ustoz" loyihalariga tatbiq etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1