Bugun ijtimoiy tarmoqlarda "Bog`chada yana bola kaltaklandi" sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi matbuot xizmati holat yuzasidan ma`lumot berdi.
Ma`lum bo`lishicha, voqea Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi maktabgacha ta`lim tashkilotida sodir etilgani aytilgan.
"Mazkur holatni o`rganish maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi hamda shahar bo`limi shu bilan birga shahar prokuraturasi mas`ullaridan iborat ishchi guruh tuzilgan.
Guruh ayni paytda o`rganish va surishtirish ishlarini boshlagan.
Holat to`laqonli o`rganilgach, ba`tafsil ma`lumot beriladi",–deyiladi xabarda.






