Prezident ishtirokidagi yig`ilishda bundan keyin ham qizlarning ta`lim olishi, daromad topishi, sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar davom ettirilishi ta`kidlandi.
Jumladan, og`ir sharoitga tushib qolgan uy-joyga muhtoj qizlar uchun 1 xonali ijtimoiy uylar quriladi. Ular ishga joylashib, oyoqqa turib olgunga qadar, ushbu uylarda 3 yil davomida bepul yashashi mumkin bo`ladi.
Hokimlarga ijtimoiy uylarning namunaviy loyihasini qilib, qurilishni boshlash topshirildi.
Sog`ligi tufayli ishga qatnay olmaydigan qizlarning yashab turgan xonadonida masofaviy ish bilan ta`minlash choralari ko`riladi. Bundan tashqari, uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy ta`lim olish imkoniyati yaratiladi.






