1

Qo`qonda fuqarolarga o`yinchoq to`pponcha o`qtalib, videoga olgan shaxs qamaldi

Jamiyat 30.06.2024, 18:55
Qo`qonda fuqarolarga o`yinchoq to`pponcha o`qtalib, videoga olgan shaxs qamaldi

Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida fuqarolarga to`pponcha o`qtalib, buni videoga olgan shaxs qamaldi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

“Ruxsor News”telekanalida berilgan videolavhada aytilishicha, ushbu shaxs Qo`qon shahrida joylashgan klublarning birini reklama qilish maqsadida soxta to`pponchani fuqarolarga o`qtalgan va buni videoga olgan.

Video ijtimoiy tarmoqlarga joylangach, ko`plab muhokamalarga va e`tirozlarga sabab bo`lgan.

Qayd etilishicha, huquqbuzar shaxsga MJtKning 183 va 194-moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan. Sud hukmi bilan unga 5 sutka ma`muriy qamoq jazosi berilgan.

Mazkur shaxs avval ham bir necha marta huquqbuzarlik sodir etgan va tegishli jazo olgan edi.

Jumladan, 2024 yil 2 yanvar kuni u Qo`qon shahridagi markaziy ko`chalarning birida yo`l o`rtasiga stol-stul qo`yib ovqatlangan va holatni videoga olib ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.

Mazkur huquqbuzalik uchun o`shanda unga MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan jarima jazosi qo`llangandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1