1

O`zbekistondagi ommaviy tadbirlarda oziq-ovqat, buyumlarni bepul tarqatish taqiqlandi

Jamiyat 30.06.2024, 22:10
O`zbekistondagi ommaviy tadbirlarda oziq-ovqat, buyumlarni bepul tarqatish taqiqlandi

O`zbekistonda o`tkaziladigan ommaviy tadbirlarda oziq-ovqat, buyumlar hamda boshqa mahsulotlar va tovar-moddiy boyliklarni bepul tarqatish yoki haddan tashqari arzon narxda sotish orqali jalb qilish taqiqlandi. Bu haqda 2024 yil 29 iyundan kuchga kirgan Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilab qo`yilgan.

O`zbekistonda o`tkaziladigan ommaviy tadbirlarga fuqarolarni reklama, aksiya va boshqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyumlar hamda boshqa mahsulot va tovar-moddiy boyliklarni bepul tarqatish yoki haddan tashqari arzonlashtirilgan narxda sotish orqali jalb qilish taqiqlandi.

Bu haqda “Ommaviy tadbirlarni o`tkazishda fuqarolar xavfsizligini ta`minlash va jamoat tartibini saqlash bo`yicha talablarni kuchaytirish to`g`risida”gi hukumat qarorida belgilandi. Mazkur qaror 2024 yil 29 iyun kunidan kuchga kirdi.

Qarorga ko`ra, Milliy gvradiya va IIV tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorda belginayotgan talabga ommaviy tadbir tashkilotchilari va ommaviy tadbirni o`tkazish ob`ekti ma`muriyati tomonidan so`zsiz rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytiradi.

IIV va Milliy gvardiya bir oy muddatda o`zlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga moslashtiradi. Qaror ijrosini ta`minlash Ichki ishlar vaziri va Milliy gvardiya qo`mondoni zimmasiga yuklatilmoqda.

Ommaviy tadbirlarni o`tkazish qoidalari buzilishiga yo`l qo`ygan tashkilotchilar va uni o`tkazgan ob`ekt ma`muriyati MJtKda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1