1

Bugun O`zbekistonda harorat biroz pasayadi

Jamiyat 01.07.2024, 08:05
Bugun O`zbekistonda harorat biroz pasayadi

Bugun kunduzi respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 30-35°  bo`ladi.

Poytaxtda kunning birinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31-33° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 21-26° bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1