AsosiyJamiyat

Viloyatda 83300 tonna g`alla 104 ta kombayn yordamida o`rib-yig`ib olingan

'Viloyatda 83300 tonna g`alla 104 ta kombayn yordamida o`rib-yig`ib olingan'ning rasmi

Navoiy viloyati fermerlari respublikada birinchilar qatorida davlatga don sotish bo`yicha 83300 tonna ulkan xirmon yaratib, shartnomaviy rejani 100 foizga bajarishga erishdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, yil hosili uchun parvarish qilingan kuzgi boshoqli don ekinlarini belgilangan muddatlarda sifatli qilib o`rim-yig`im ishlarini yakunlash maqsadida 108 dona g`alla o`rim otryadlari shakllantirilgan bo`lib, otryadlarga 108 dona yuqori unumli g`alla o`rim kombaynlari, o`rib olingan donni don qabul qilish maskanlariga belgilangan muddatlarda etib borishini ta`minlash maqsadida 680 dona yuk tashish avtomobillari, 127 dona traktor tirkamalari biriktirib berilgan.

Kombaynlarning tun-u kun ishlashini ta`minlash, nosozlikning oldini olish maqsadida 16 dona ko`chma ustaxonalar faoliyati yo`lga qo`yilib, 46 dona yoqilg`i tashish vositalari yordamida YoMM mahsulotlarini fermer xo`jaliklari maydonlarigacha etkazib berilishi ta`minlangan.

G`alla maydonlarining har bir gektaridan 81.5 sentner hosildorlik evaziga 247332 tonna g`alla ishlab chiqarishga erishilgan.

Bugungi kunda Navoiy viloyatida jami g`alla ekilgan maydon 34300 gektarni tashkil etib, bu er 930ta fermer xo`jaliklar maydoniga to`g`ri keladi. Hosildorlik har bir gektardan 94 senterni tashkil etadi.

Navoiyliklar g`allani  104 ta kombayn yordamida o`rib-yig`ib olishdi.

Qayd etilishicha, garchi reja ortig`i bilan bajargan bo`lsa-da, dalalarda hali hosil mo`l.  Maqsad hosilni nes-nobud qilmaslik. Viloyatda o`rim ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar