Kecha, 30 iyun kuni O`sh viloyatining Nookat tumani, Ko`k-Jar qishlog`i hududidagi ko`prik qulab tushdi.
Qirg`iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma`lumotiga ko`ra, O`sh-Razzoqov avtomobil yo`lining 63-kilometrida Nayman ko`prigi sel oqimi tufayli qulab tushgan.
Ko`prikning qulashi sel oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilayotgan vaqtda sodir bo`lgan. Voqea joyida restavrasiya ishlari olib borilmoqda.






