1

Bugundan kasb-hunar maktablariga qabul boshlandi

Jamiyat 01.07.2024, 14:11
Bugundan kasb-hunar maktablariga qabul boshlandi

Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 2024 yil 9-sinf bitiruvchilari kasb-hunar maktablariga bugundan, 1 iyuldan, my.edu.uz elektron platformasi orqali ro`yxatdan o`tishlari mumkin.

Ushbu ro`yxatga olish jarayoni 20 iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn tarzda davom etadi.

Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligining ma`lum qilishicha, bu bitiruvchilar 100 dan ortiq kasblardan birini egallashlari uchun imkoniyatdir.

Ro`yxatdan o`tish uchun platformaga (my.edu.uz) tug`ilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta ma`lumotlari va 3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.

Bugungi kunda respublikamizda 332 ta kasb-hunar maktablari faoliyat ko`rsatmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1