1

BMT Bosh kotibi "Yangi O`zbekiston" bog`ida Mustaqillik monumentiga gul qo`yish marosimida ishtirok etdi

Siyosat 01.07.2024, 17:09
BMT Bosh kotibi "Yangi O`zbekiston" bog`ida Mustaqillik monumentiga gul qo`yish marosimida ishtirok etdi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish rasmiy tashrif bilan O`zbekistonga keldi. Tashrif doirasida Hazrati Imom majmuasi va Toshkentning boshqa diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdi.

BMT Bosh kotibi kecha Hazrati Imom majmuasida joylashgan masjid va qabrlar tarixi, shuningdek, O`zbekistonda qurilayotgan Islom sivilizasiyasi markazi bilan tanishdi. Bundan tashqari, u "Yangi O`zbekiston"bog`ida Mustaqillik monumentiga gul qo`yish marosimida ishtirok etdi.

TIV ma`lumotlariga ko`ra, BMTning O`zbekistondagi delegasiyasi dasturi juda boy bo`lib, O`zbekiston va BMT hamkorligining barcha masalalarini o`z ichiga oladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1