1

Hafta oxirigacha O`zbekiston hududidan salqin havo chekinadi

Jamiyat 01.07.2024, 20:10
Hafta oxirigacha O`zbekiston hududidan salqin havo chekinadi

O`tgan dam olish kunlari O`zbekiston hududi bo`yicha boshlangan haroratning pasayishi ushbu hafta boshida ham davom etadi. Bu haqda "O`zgidromet" ma`lum qildi.

Dushanba va seshanba kunlari Volga bo`yi hududlaridan kirib kelgan salqin havo oqimi harorat fonini 30-33 darajagacha, janubda 35-38 darajagacha pasaytiradi.

Ish haftasining oxirigacha O`zbekiston hududidan salqin havo chekinadi, ammo bu kunlarda kuchli issiq bo`lishi kutilmaydi. Respublikaning ko`pchilik hududlarida havo harorati kunduz kunlari 35-38 daraja atrofida, janubda ba`zi joylarda 39-41 darajagacha bo`ladi. 

1-5 iyul kunlari O`zbekiston hududi bo`yicha asosan yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, tog` oldi va tog`li hududlarda 1-2 iyulda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 

1 iyulda respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat 1-2 iyulda kunduz kunlari 30-33 daraja, 3-5 iyulda 35-38 daraja bo`ladi. Harorat asosan kechalari 18-23 daraja bo`ladi.

Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 1 iyulda ba`zi joylarda 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1