1

Guliston shahrida tadbirkorning 90 mln so`mini qo`lgan kiritgan ETK boshlig`i ushlandi

Jamiyat 01.07.2024, 22:03
Guliston shahrida tadbirkorning 90 mln so`mini qo`lgan kiritgan ETK boshlig`i ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston shahar bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda Guliston shahrida tadbirkorning 90 mln so`mini qo`lgan kiritgan ETK boshlig`i ushlandi. 

Guliston shahar ETK boshlig`i D.N. shahar ETK muhandisi vazifasida ishlagan davrida “G.S.K.” MChJning elektr ta`minotidan 202,5 mln so`m qarzdorligini kamaytirib berishi evaziga MChJ nazoratchisi A.G.dan 90 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritib, ushbu pullar hisobidan 3 mln so`mni fuqaro U.M. orqali qaytargan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1