AsosiyJamiyat

Uchta hududda kredit mablag`ini o`zlashtirgan rahbarlar aniqlandi

'Uchta hududda kredit mablag`ini o`zlashtirgan rahbarlar aniqlandi'ning rasmi

Kredit mablag`larini o`zlashtirish holatlari aniqlandi, deya xabar qilmoqda  Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Departamentning Buloqboshi tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “B.t.” MChJ mas`ul shaxslari va boshqalar parrandachilik faoliyatini tashkil etishda uskunalar sotib olish uchun tijorat banki filialidan ajratilgan kredit mablag`larining 5,2 mlrd so`mini, “Z.t.” MChJ mas`ul shaxslari esa tikuv dastgohlari sotib olish uchun ajratilgan 950 mln so`m imtiyozli kredit mablag`ini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Departamentning Karmana tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “K.C.H.” oilaviy korxonasi rahbari X.Ya. mineral o`g`it va yoqilg`i moylash mahsulotlari xarid qilish uchun hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 425 mln so`m kredit mablag`larini boshqa maqsadlarda sarflab, o`zlashtirganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “I.C.H.” xususiy korxonasi rahbari X.K. 11 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun ajratilgan imtiyozli kredit mablag`i evaziga ta`minotchi korxona sifatida mahsulotlarni etkazib bermasdan 348,2 mln so`mni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar