1

Shavkat Umurzoqov nomzodi Yunusobod tumani "Turkiston-53" saylov okrugida bo`shab qolgan deputatlik o`rniga ko`rsatildi

Jamiyat 02.07.2024, 12:59
Shavkat Umurzoqov nomzodi Yunusobod tumani "Turkiston-53" saylov okrugida bo`shab qolgan deputatlik o`rniga ko`rsatildi

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 104-sessiyasi bo`lib o`tdi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi. 

Sessiyada dastlab Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasining raisi Abdulla Magrupov  "Toshkent shahrida bo`shab qolgan deputatlik o`rinlariga bo`lib o`tgan saylov natijalari to`g`risida" ma`lumot berdi. Berilgan ma`lumotga ko`ra, Toshkent shahri, Yunusobod tumani "Turkiston-53" saylov okrugida bo`shab qolgan deputatlik o`rniga O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzodi ko`rsatilgan Shavkat Bo`ronovich Umurzakov Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining deputati etib saylangani aytib o`tildi.

Shuningdek, sessiya kun tartibidan Yakkasaroy va Yangihayot tumanlaridagi ayrim aholi punktlarining tarkibiy qismlarini nomlash va qayta nomlash to`g`risida, Toshkent shahridagi muqobil korxonalar tomonidan maishiy chiqindilarni to`plash va olib chiqish xizmatlarini takomillashtirish, Xalq deputatlari Kengashida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hisobotini eshitish kabi poytaxtimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid qator masalalar o`rin olgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1