1

Farg`ona kanalida 32 yoshli erkakning jasadi oqib keldi

Jamiyat 03.07.2024, 14:55
Farg`ona kanalida 32 yoshli erkakning jasadi oqib keldi

Farg`onada kanalida odam murdasi oqib kelayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov darakchi.uz'ga ma`lumot berdi.

Joriy yil 25 iyun soat 16:29 atrofida Farg`ona viloyati Bag`dod tumani Qatag`on MFYda yashovchi fuqaro J.B.ni bergan xabariga ko`ra Qatag`on qishlog`ida yashagan 1991 yilda tug`ilgan T.O`. Samandarak xududidan oqib o`tuvchi Farg`ona kanaliga cho`milish maqsadida tushib qaytib chiqmaganligi xaqida xabar bergan. 

Shu yilning 28 iyun kuni O`.T.ning murdasi tan jarohatlarisiz O`zbekiston tumani Zinasha maxallasidan oqib o`tgan katta farg`ona kanalidan topilgan. Murdani Bag`dod tumani Qatag`on qishlog`ida yashovchi 1980 yilda tug`ilgan akasi T.I. tanib olgan.

Internet ijtimoiy tarmoqlarida Farg`ona kanalida odam murdasi oqib kelganligi haqidagi xabar Farg`ona viloyati IIB tomonidan o`rganib chiqildi.

Mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1