1

Toshkentda bir-biriga tutash qurilgan 3 ta xonadon yonib ketdi

Jamiyat 03.07.2024, 15:41
Toshkentda bir-biriga tutash qurilgan 3 ta xonadon yonib ketdi

Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Shayxontohur tumanida bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda sodir bo`lgan yong`in to`g`risida ma`lumot berdi.

Ta`kidlanishicha, 3 iyul kuni soat 13:54 da Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Quvur ariq 2-tor ko`chasida joylashgan bir-biriga tutash qurilgan 3 ta xonadonda yong`in sodir bo`lganligi to`g`risida tuman FVBga xabar tushgan.

Shunga ko`ra 7 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 14:00 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 14:25 da o`rab olingan va soat 14:47 da o`chirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q. Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1