Tojikistonda Nexia-2 va “KamAZ” yuk mashinasi to`qnashishi oqibatida uch nafar o`zbekistonlik halok bo`ldi. Bu haqda Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo`mitasi xabar berdi.
2 iyul kuni Xo`jand—Dushanbe yo`nalishida harakatlanib ketayotgan avtomobil yuk mashinasi bilan to`qnashishi oqibatida Nexia-2 haydovchisi va ikki nafar yo`lovchi (ikki erkak va bir ayol) voqea joyida halok bo`lgan.
Haydovchining shaxsi aniqlangan bo`lib, u Farg`ona viloyatida yashovchi, 1964 yilda tug`ilgan M.B. bo`lgan. Qolgan qurbonlarning shaxsini aniqlash choralari ko`rilmoqda.