1

Raqobat qo`mitasi lift importi yuzasidan hukumatga takliflar berdi

Jamiyat 04.07.2024, 18:50
Raqobat qo`mitasi lift importi yuzasidan hukumatga takliflar berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan O`zbekistonda lift importining sun`iy ravishda to`xtatib qo`yilishi atrofidagi xabarlarga Raqobat qo`mitasi rasmiy munosabat bildirdi.

Raqobat qo`mitasining ma`lum qilishicha, bir guruh tadbirkorlarning murojaatiga asosan, lift va lift uskunalarini import qilishda vujudga kelayotgan muammolar vakolat doirasida o`rganib chiqilgan. 

- “Sanoat xavfsizligi” davlat muassasasining xabariga ko`ra, lift uskunalariga 3-chizma asosida berilgan muvofiqlik sertifikatlari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 oktyabrdagi 801-son qarori bilan tasdiqlangan reglamentga kiritilgan qo`shimcha talablarga asosan bekor qilingan. Shuningdek, “Sanoat xavfsizligi” davlat muassasasining mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi faoliyati davriy baholash natijalariga ko`ra vaqtinchalik to`xtatilgan.

Biroq, liftlarning xavfsizligiga doir qo`shimcha talablar saqlab qolinganligi, ishlab chiqarish jarayoniga (3-chizma bo`yicha) berilgan 17 ta muvofiqlik sertifikatlarining amal qilishi to`xtatilganligi sababli importyor korxonalar tomonidan bugungi kunda respublika hududiga olib kelingan lift va eskalator uskunalar omborlarda qolib ketmoqda, - deyiladi qo`mita rasmiy munosabatida.

Raqobat qo`mitasi tomonidan lift va lift mahsulotlarini importi bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlik sub`ektlarini qiynayotgan masalalarni bartaraf etish maqsadida Tog`-kon sanoati va geologiya vazirligi va Vazirlar Mahkamasiga quyidagi takliflar kiritilgan.

- Vakolatli organ tomonidan bekor qilingan 17 ta muvofiqlik sertifatini istisno tariqasida tiklash choralarini ko`rish;

- mavjud bo`lgan sinov laboratoriyalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash uchun(lift, lift uskunalari va eskalatorlarni sinovdan o`tkazish sinov uchun zarur bo`lgan sinov minoralari va asbob-uskunalarni olib kirish) chet-el grant mablag`larini jalb etish choralarini ko`rish;

- liftlarni sinovdan o`tkazish va muvofiqlik sertifikatini berish bo`yicha xizmatlar bozoriga xususiy sektorni keng jalb qilish choralarini ko`rish;

- sertifikatlash jarayonida bir shartnoma doirasida olib kelinayotgan marka va modeli bir xil bo`lgan lift tovarlarini faqatgina bir nusxasini sinovdan o`tkazish orqali ularga bitta muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish amaliyotini joriy qilish.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1