AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida bojxonachilar 6 oyda 40 ta holatda 37 kg giyohvandlik vositasini ushladi

'Toshkent viloyatida bojxonachilar 6 oyda 40 ta holatda 37 kg giyohvandlik vositasini ushladi'ning rasmi

2024 yilning o`tgan davr mobaynida Toshkent viloyati bojxona boshqarma tomonidan jami 6,5 trln. so`mlik bojxona to`lovlari hisoblanib, shundan tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash maqsadida bojxona to`lovlaridan 3,2 trln. so`m imtiyozlar berildi, qolgan 3,3 trln. so`m davlat byudjetiga o`tkazilishiga erishildi. Bu haqda Boshqarma matbuot xizmati xabar qildi.

Imtiyoz qo`llanilgan asosiy tovarlar tarkibini transport vositalari va uning ehtiyot qismlari, texnologik asbob-uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlari hamda metal hom ashyolar tashkil etadi.

Joriy yilning o`tgan 6 oyi mobaynida 11 mlrd 11 mln AQSh dollaridan ortiq bo`lgan tovarlar xorijiy mamlakatlar bozorlariga yo`naltirildi. Tovarlarimizni Eksport  qilingan, asosiy hamkor davlatlar Turkiya, Qozog`iston, Xitoy, Rossiya va Afg`oniston va Belgiya davlatlari.

Eksport qilingan asosiy tovarlar: Metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, meva va sabzovot, transport va uning ehtiyot qisimlari, kalava ip, tukimachilik maxsulotlari, hisobiga to`g`ri kelmoqda.

Bojxona postlarida 6 oyi davomida jami 66 407 ta bojxona yuk  deklarasiyalari rasmiylashtirildi.

Bojxona yuk deklarasiyalarini Xavfni boshqarish axborot tizimi bo`yicha yo`laklar kesimida tahlil qiladigan bo`lsak, deklarasiyalarning 26% “yashil yo`lak”, 54%“sariq yo`lak”, 18% “qizil yo`lak tartibida rasmiylashtirildi.

Qayd etilishicha, Boshqarma tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi  boshqa organlar bilan hamkorlikda giyohvand vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurash yo`nalishida 40 ta holatda 37 kg giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi.

Bundan tashqari, tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo`nalishida 1 547 ta holatda 60 mlrd. 395 mlnso`mga teng tovarlar ushlab qolindi. Aksiz markasi bilan markalanmagan 65 ming quti tamaki mahsulotlari noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi.

Aniqlangan huquqbuzarlik holatlari bo`yicha 17,5 mlrd.  so`m qo`shimcha bojxona to`lovlari hisoblandi.

Raqamlarga ko`ra, 2024 yil boshidan bugungi kun qadar Toshkent viloyati hududidagi 39 dan ortiqtadbirkorlik sub`ektlari tomonidan xorijdan olib kelingan qiymati 85 mln. AQSh  dollarga teng bo`lgan 169 ming tonna hom ashyo “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan. Qayta ishlangandan so`ng xorijga yuborilgan tayyor mahsulotlar qiymati 166,4 mln. AQSh dollarini tashkil etgan.

    Boshqa yangiliklar