O`zbekistonda xorijiy davlatlarning siyosiy partiyalari va bo`linmalarini tashkil etish hamda ularning faoliyati taqiqlandi. "Siyosiy partiyalar to`g`risida"gi qonunga bu borada qo`shimcha kiritildi.
O`zgartirishni prezident Shavkat Mirziyoev 2 iyul kuni imzolangan. U 11 iyun kuni Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va 22 iyun kuni Senat tomonidan ma`qullangan. O`zgartirish bo`yicha muhokamalar borasida avval xabar berilmagan.
Qonun muqaddimasida mamlakatda partiyalar faoliyatini takomillashtirish bo`yicha keng ko`lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani qayd etilgan. Shu bilan birga, xorijiy davlatlar siyosiy partiyalarining O`zbekiston hududidagi faoliyatini tartibga solish talab etiladi, deyiladi hujjatda.
Ma`lumot uchun, O`zbekistonda beshta siyosiy partiya ro`yxatga olingan: Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Liberal-demokratik partiyasi, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi, "Adolat" sosial-demokratik partiyasi, Xalq demokratik partiyasi va Ekologik partiya.
Navbatdagi parlament saylovlari kuzda bo`lib o`tadi. Oxirgisi 2019 yilda bo`lib o`tgandi.