AsosiyJamiyat

Bankdan fuqaroga 685 mln oylik va ma`naviy zarar undirildi

'Bankdan fuqaroga 685 mln oylik va ma`naviy zarar undirildi'ning rasmi

Fuqarolik ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tumanlararo sudining qaroriga  asosan qarzdor aksiyadorlik tijorat bankidan undiruvchi O.B. foydasiga jami 635 mln. 479 ming so`m majburiy bo`sh yurgan kunlari uchun ish haqi hamda 50 mln. so`m ma`naviy zarar jami bo`lib 685 mln. 479 ming so`m undirish belgilangan. 

MIBning ushbu tuman bo`limi tomonidan holat bo`yicha O`zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish qo`zg`atilgan.  

Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan moddiy qiymatliklar o`rganilib, qarzdorga ijro ishi yuzasidan huquq va majburiyatlari to`liq tushuntirilgan.

Natijada fuqaro foydasiga undirilishi lozim bo`lgan  jami ish haqi va ma`naviy zarar undirilib berilgan. 

    Boshqa yangiliklar