Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda haydovchi transport vositasini sellofan paket bilan o`rab, ichiga suv to`ldirib harakatlangani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo`lgan edi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati o`rganish ishlarini olib bordi.
Ma`lum qilinishicha, mazkur holat joriy yilning 30 iyun kuni ro`y bergan. Haydovchi transport vositasini boshqarganda odob-axloq qoidalarini buzganligi, transport vositasida sellofan paket bilan o`ralib, ichiga suv to`ldirib harakatlangani aniqlangan.
Haydovchi ushbu holatni quyidagicha izohladi:
"Men sherigim bilan mashina ichiga suv to`ldirib harakatlanganimizning videosini Instagram sahifamizga qo`ygandim. Videoni kimdir tarqatvoribdi, qonunbuzarlik holati borligini bilmagandik. Inspektor xodimlari chaqirtirib, tushuntirish ishlarini olib bordi. Bu holatni tavsiya qilmayman va uzr so`rayman".






