AsosiyJamiyat

O`zbeklar uchun Bolgariyadan maoshi 1300 dollar bo`lgan ishlar taklif etilmoqda

'O`zbeklar uchun Bolgariyadan maoshi 1300 dollar bo`lgan ishlar taklif etilmoqda'ning rasmi

O`zbeklar uchun Bolgariyadan maoshi 1300 dollar bo`lgan ishlar taklif etilmoqda. Bu haqida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot kotibi e`lon berdi.

Talabgorlar quyidagi sohalarga taklif etiladi:

  •  g`isht teruvchi (kamenshik);
  •  tashqi qoplama montajchisi (montajnik navesnx fasadov);
  •  alyuminiy romlarni o`rnatish (ustanovshik alyuminievx okonnx ram).

️Nomzodlar uchun talablar:

G`isht teruvchi:

  • Metal konstruksiyalar uchun g`isht terish tajribasi;
  • Poydevor, yuk ko`taruvchi devor va bo`laklar, ustun, kamar, tonozlarni qurish malakasi;
  • konstruksiyalar uchun prefabrik temir-beton elementlarini birlashtirish.

 

Tashqi qoplama montajchisi:

  • fasad keramikasi - lamenam, alyuminiy-plastmassa kompozit materiallar bilan ishlash tajribasi.  

Alyuminiy romlar o`rnatish mutaxassisi:

  • duradgorlik sohasida tajriba;
  • deraza va oyna o`rnatish tajribasi.

Umumiy talablar:

  • oilali, 25-35 yoshdagi erkaklar;
  • rus tilini bilish;
  • sudlanmagan;
  • sohada kamida 5 yillik tajriba.

 

Qayd etilishicha, yashash joyi, aviachipta, ish ruxsatnomalarini ro`yxatdan o`tkazish, ovqatlanish ish beruvchi hisobidan qoplanadi.

 

 

    Boshqa yangiliklar