AsosiyJamiyat

Buxoro Bolalar muruvvat internatida bolalarga jismoniy zo`ravonlik qilingani aytilmoqda

'Buxoro Bolalar muruvvat internatida bolalarga jismoniy zo`ravonlik qilingani aytilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro Bolalar muruvvat internatida bolalarga nisbatan turli jismoniy zo`ravonlik holatlari to`g`risidagi xabar tarqaldi. Holat Bolalar ombudsmani tomonidan o`rganilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, hozirda holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan tergov-tezkor guruhi tuzilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.

Muassasa xodimlariga oid mehnat munosabatlarini tashkil etilishi yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Muruvvat uyida tarbiyalanayotgan voyaga etmaganlarga jismoniy zarar etganligini aniqlash yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlanib, uning natijasiga ko`ra holatga huquqiy baho beriladi.

Tergovga qadar tekshiruv Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar