AsosiyJamiyat

Toshkent aeroporti uchib ketish zali yonida yong`in yuz berdi

'Toshkent aeroporti uchib ketish zali yonida yong`in yuz berdi'ning rasmi

Mahalliy vaqt bilan soat 11:20 da Toshkent xalqaro aeroporti vokzal oldi maydonida yangi “Terminal” kafesida yong`in kelib chiqqan. Voqea joyiga zudlik bilan aeroport va shahar o`t o`chirish bo`limlari etib kelgan.  

Yong`in soat 11:47 da o`chirilgan. Yong`in natijasida 5 kv.m maydonga zarar etkazilgan. Jabrlanganlar yo`q. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, hodisaga oshxonadagi kichik yong`in sabab bo`lgan.

Toshkent xalqaro aeroporti normal rejimda ishlamoqda.

    Boshqa yangiliklar