AsosiyJamiyat

Quyi Chirchiqda ayol erini choynak bilan urib o`ldirdi

'Quyi Chirchiqda ayol erini choynak bilan urib o`ldirdi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida ayol sha`riy nikohidagi erini choynak bilan urib o`ldirdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Holat 2024 yilning fevral oyida yuz bergan. Turmushi davomida er-xotin janjallashib qolgan. Ayol jahl ustida choynak bilan erining boshiga urgan. Shundan so`ng o`tkir tig`li jism bilan unga o`ta og`ir tan jarohati etkazgan. Oqibatda erkak voqea joyida vafot etgan.

Ekspertiza xulosalariga ko`ra, ayol jinoyatni aqli noraso holda sodir etgan. Uning qilmishida jinoyat tarkibi yo`qligi uchun jinoyat ishi tugatilgan.

Ayol ruhiy shifoxonaga yotqizilgan. Unga nisbatan qo`llanilgan qamoqqa olish ehtiyot chorasi bekor qilindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar