Mahalliy OAVda Navoiyda voyaga etmagan qizni o`nga yaqin kishi zo`rlagani, ulardan biri shu ishni tergov qilgan tergovchi ekanligi haqida xabar tarqaldi.
Navoiy shahar prokuraturasi tomonidan voyaga etmagan qiz bilan bog`liq holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 128-1-moddasi (O`n olti yoshdan o`n sakkiz yoshgacha bo`lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish) bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatalari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi doirasida 1 nafar shaxs qamoqqa olingan.
Sodir etilgan qilmish jinsiy jinoyatlar toifasiga tegishli bo`lganligi sababli boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.