Ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasi uchun to`lovlarda hisobga ikki barobar pul hisoblanayotgani to`g`risida xabar tarqalmoqda. Holat yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, ayni paytda to`lov tizimlari bilan bog`liq texnik nosozlik kuzatilganligi sabab to`lov amalga oshirilganda iste`molchi balansida to`lov qoldig`ini ko`proq ko`rsatish kuzatilmoqda.
Ayni paytda billing tizimi orqali elektr energiyasi uchun to`lovlar xatoliksiz qabul qilinmoqda hamda balans qoldiqlari to`g`ri shakllantirilmoqda.
Tez fursatlarda nosozliklar bartaraf etiladi.