Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Fargʻona shahar savdo majmuasi"da bozorkom bilan tadbirkorlar oʻrtasida nizo kyelib chiqqani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Fargʻona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi matbuot xizmati ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat joriy yilning 24 iyul kuni soat 13:30 lar atrofida sodir boʻlgan. Bozor mamuriyati bilan tadbirkor oʻrtasida tuzilgan shartnomaga koʻra, tadbirkorlar oʻziga belgilab berilgan hudud va doʻkonlarda savdo qilishi koʻrsatib oʻtilgan.
Shunga qaramasdan, koʻplab tadbirkorlar bozor ichki yoʻlaklarigacha tovarlarini chiqarib sotish holatlari aniqlangan. Bozor ma'muriyati favqulodda kelib chiqishi mumkin boʻlgan holatlar oldini olib tushuntirish ishlarini boshlaganda tadbirkorlar oʻrtasida oʻzaro tushunmovchilik yuzaga kelgan.
“Mazkur holat yuzasidan hech kim hech qanday tan jarohati olmagan, xususan, Milliy gvardiya xodimlari ham. Mazkur vaziyatning har bir holati boʻyicha belgilangan tartibda ma'muriy ishlar olib borilmoqda. Yongʻin xavfsizligi xodimlari maxsus texnik avtotransport mashinalari yoʻlaklari ochildi", - deyiladi xabarda.