AsosiyJamiyat

10 yoshli qizini sotmoqchi boʻlgan ona qamaldi

Ayol bu ishga farzandlarini boqishga qiynalgani sababli qoʻl urganini aytgan.

'10 yoshli qizini sotmoqchi boʻlgan ona qamaldi'ning rasmi

Toshkent viloyatida farzandini 2 ming dollarga sotmoqchi boʻlgan ona 8 yilga qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov habar byerdi.

Ma'lum qilinishicha, holat 2024 yil 29 mart kuni Qibray tumanida sodir boʻlgan. 1989 yilda tugʻilgan Z.A.ning 13 yoshli oʻgʻli va 10 yoshli qizi boʻlgan. Turmushidan ajralgan ayol ijara asosida Chirchiq shahrida yashab kelgan. Oʻtkazilgan tezkor tadbirda ayol uyida 2014 yilda tugʻilgan qiz farzandini 2 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Ayol sud majlisida aybiga qisman iqrorlik bildirib, bu ishga farzandlarini boqishga qiynalgani sababli qoʻl urganini aytgan.

“Oʻgʻlim nogiron, oilada yolgʻiz boquvchiman. Farzandlarimni internet tarmogʻida va Toshkent shahridagi Chorsu bozorida kiyim-kechak sotish orqali boqib kelganman. Oʻzim qandli diabet kasalligiga chalinganman. Shuningdek, buyragimning ham bir qismi ishlamaydi. Shu sababli, ogʻir mehnat bilan shugʻullana olmayman. Farzandlarimni boqishga qiynalganim tufayli qizimni farzandga muhtoj, oʻziga toʻq oilaga berishni rejalashtirgandim. Uni sotish maqsadim boʻlmagan”, – dedi ona.

Jinoyat ishlari boʻyicha Qibray tuman sudi ayolni Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topib, unga nisbatan 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

'“Tok” narxi tushadimi?'ning rasmi

Jamiyat 08.04.2025 19:39

“Tok” narxi tushadimi?

1-maydan boshlab 500 kVt soatgacha yangi tarif joriy etiladi

'“Matbuot uyi” sotilmagan — Davaktiv agentligi'ning rasmi

Jamiyat 08.04.2025 16:03

“Matbuot uyi” sotilmagan — Davaktiv agentligi

Zamonaviy “Media shaharcha” tashkil etilib, barcha davriy bosma nashrlarning tahririyatlari mazkur binoga joylashtirilishi aytilmoqda.

'“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumida 826 ta mahallaga tanaffus beriladi.'ning rasmi

Jamiyat 08.04.2025 15:44

“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumida 826 ta mahallaga tanaffus beriladi.

“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumida 826 ta mahallaga tanaffus beriladi. 2024 yilgi 2-mavsumda ham g‘olib chiqqan 826 ta mahalla bu mavsumda takroran g‘olib deb topildi.

'Bugunning eng dolzarb muammosi: internetda shaxsiy ma’lumotlar qanday himoya qilinadi?'ning rasmi

Jamiyat 08.04.2025 15:29

Bugunning eng dolzarb muammosi: internetda shaxsiy ma’lumotlar qanday himoya qilinadi?

Global axborot tarmog‘i imkoniyatlarining keskin oshishi shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligiga doir jiddiy xavf-xatarlarning ham kuchayishiga sabab bo‘lmoqda.

'“Imom Moturidiy” ziyoratgohini kengaytirish maqsadida 217 ta uy buziladi'ning rasmi

Jamiyat 08.04.2025 13:24

“Imom Moturidiy” ziyoratgohini kengaytirish maqsadida 217 ta uy buziladi

Madaniy meros agentligi OAVda tarqalgan xabarga munosabat bildirdi.

'Andijonda “Zil" uyni buzib kirib ketdi'ning rasmi

Jamiyat 08.04.2025 13:17

Andijonda “Zil" uyni buzib kirib ketdi

Uning tormozi ishlamay qolgan.