AsosiyJamiyat

Buхoro, Namangan va Toshkentda zargarlik markazlari tashkil etiladi

2025 yil yakunigacha qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan zargarlik buyumlar ҳajmi 1 milliard dollarga yetkaziladi.

'Buхoro, Namangan va Toshkentda zargarlik markazlari tashkil etiladi'ning rasmi

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish soҳasini yanada rivojlantirish va ularning raqobatbardoshligini taminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-104-son, 23.07.2024 y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra:

- 2024–2026 yillarda Buxoro va Namangan viloyatlarida bittadan hamda Toshkent shahrida ikkita zargarlik markazlari tashkil etiladi;

-zargarlik markazlarida tadbirkorlik subyektlari uchun zarur infratuzilma yaratiladi;

-2025 yil yakunigacha qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning yillik ishlab chiqarish hajmlari 1 milliard AQSh dollariga va eksport koʻrsatkichi 100 million AQSh dollariga yetkaziladi.

2025 yil 1 yanvargacha zargarlik markazlarini tashkil etish uchun davlat koʻchmas mulk obyektlarini yaxlit mulk sifatida yoki lotlar (qismlar va xonalar)ga boʻlgan holda tadbirkorlik subyektlari va tijorat banklariga uzoq muddatli ijaraga yoki mulk huquqi asosida, qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash shartlarida realizatsiya qilish choralari koʻriladi.

Farmonga muvofiq tashkil etiladigan zargarlik markazlaridagi ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni kechiktirib toʻlash sharti bilan sotishda:

90 kun ichida amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga – foiz hisoblanmaydi;

91-kundan boshlab 180-kungacha amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga – yillik 3 foiz miqdorida foiz hisoblanadi.

muvofiq, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJ tomonidan uzluksiz ravishda zarur miqdordagi qimmatbaho metallar bilan taminlanadi.

2024 yil 1 sentyabrdan:

-“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga azo boʻlgan affinaj korhonalariga “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJdan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida 100 foiz oldindan toʻlov shartlarida qimmatbaho metallarni sotib olish va keyinchalik ularni qulay boʻlgan shakl va miqdorlarga keltirgan holda zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga sotish huquqi beriladi;

- zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga oʻzlari yasagan yarim tayyor zargarlik buyumlarini boshqa zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga realizatsiya qilishga ruxsat etiladi.

2024 yil 1 oktyabrdan 2027 yil 1 oktyabrgacha:

-zargarlik sanoatida ishlatiladigan ligatura mahsulotlarini import qilishda maxsus turdagi tovarlar importi uchun litsenziya olish talabi byekor qilinadi;

-Oʻzbekiston hududiga olib kiriladigan va zargarlik sanoatida ishlatiladigan ligatura maҳsulotlari bojxona bojidan ozod etiladi.

 2024 yil 1 avgustdan xorijiy koʻrgazma va yarmarkalarda namoyish etish uchun olib chiqiladigan tayyor zargarlik buyumlarini “vaqtincha olib chiqish” bojhona ryejimiga joylashtirishda yigʻim BHMning 1 baravari (340 ming soʻm) miqdorida undiriladi.

2024 yil 1 oktyabrdan 2027 yil 1 oktyabrgacha:

- belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyhatlar boʻyicha import qilinadigan, Oʻzbyekistonda ishlab chiqarilmaydigan hamda zargarlik sohasida foydalaniladigan asbob-uskunalar, qadoqlash va etiketkalash mahsulotlari bojxona bojidan ozod etiladi;

“Uzbek Jewellery Fair” xalqaro koʻrgazma savdosi doirasida Oʻzbekistonning norezidyentlari tomonidan respublika hududiga vaqtincha olib kiriladigan hamda kyeyinchalik qaytarib olib chiqiladigan zargarlik buyumlariga nisbatan bojxona hujjatlarini rasmiylashtirishda bojxona yigʻimlari undirilmaydi.

Boshqa yangiliklar