Global iqlim muammolari, qolavyersa, ayrim mamlakatlar Hukumatlarining moliyaviy inqirozga yetaklovchi xatti-harakatlari oqibatida 2030 yilga borib sayyoramizdagi 600 mln kishi ocharchilik bilan roʻbaroʻ keladi, 2,8 mlrd kishi esa sogʻlom oziq-ovqatdan mahrum boʻladi. Bu haqda "Azerbaycan 24" xabar berdi.
"BMTning ocharchilikka qarshi kurashish maqsadlari bajarilmasligi majburiy migratsiyani yanada kuchaytiradi, ish oʻrinlari sonini qisqartiradi, Afrika kabi aholisi oʻsib borayotgan mintaqalarda resurslar ustidagi nizolarni yanada keskinlashtiradi", — IFAD prezidenti Alvaro Larioning soʻzlarini keltirdi portal.
Ocharchilik va toʻyib ovqatlanmaslik faqat Afrikaga taҳdid solayotgani yoʻq. Iqlim oʻzgarishlarining suv toshqinlari va yuqori harorat koʻrinishidagi hosilalari toʻyib ovqatlanmaslikni global muammoga aylantirishga qodir.
Yevropadagi "Kopyernik" iqlim kuzatuvlari xizmati ma'lumotiga koʻra, Yerda qatorasiga 12 oy ҳarorat rekordlari oʻrnatildi. Yani 2023 yilning iyunidan boshlab har oy oldingisi (oʻtgan yilgisi)ga nisbatan issiqroq boʻldi, oqibatda jahondagi oʻrtacha harorat iqlimiy barqarorlik darajasidan 1,64 daraja yuqorilashdi. Bu esa suv toshqinlari sonini yanada oshirib, ekotizimning buzilishiga va ocharchilikning kuchayishiga olib kelishi mumkin, deya xavotirlanishmoqda ekspertlar.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) 2023 yilda ochlik bilan yuzma-yuz kelgan odamlarning soni tahminan 733 million ekanligini ma'lum qildi.
BMTning oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO), Jahon oziq-ovqat dasturi, xalqaro qishloq xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi (IFAD), Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar jamgʻarmasi (YuNISYeF) va Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) "Jahon oziq-ovqat xavfsizligi" qoʻshma hisobotida quyidagilar ma'lum qilindi:
Hisobotda, oʻtgan yilda dunyoda 713 milliondan 757 milliongacha odamning oziq-ovqat yetishmovchiligi bilan yuzma-yuz kelgani, oʻrtacha 733 million odamning ochlik muammosi borligi, dunyo boʻyicha har 11 kishidan 1 nafari ochlik bilan kurashayotganligi ta'kidlangan.
Dunyo boʻyicha xavotirli darajada koʻp odamlarning oziq-ovqat ta'minotsizligi va kam ovqatlanish bilan kurashishda davom etgani koʻrsatilgan hisobotda, 2022 yildan 2023 yilgacha Osiyo qitasining gʻarbiy qismi, Karib mintaqalari va Afrikaning janubiy hududlarida ochlik darajalarining oshgani qayd etilgan.
Anadolu Ajansi nashrining ma'lum qilishicha, ochlik bilan kurashayotgan aholi ulushining Afrikada 20,4 foizga koʻtarilganligi aytilgan, shu bilan birga, bu ulushning Janubiy Amyerikada kamaygani, Osiyada esa oʻzgarishsiz qolganligi bildirildi.
Taxminan 582 million odam 2030 yilda surunkali kam ovqatlanish muammosi bosimiga tushishi, ushbu odamlarning dyeyarli yarmi Afrika davlatlarida yashovchi insonlar tashkil qilishi qayd etilgan. Hisobotda shuningdek, bir insonning hayotini davom ettirishi uchun zarur boʻlgan ozuqa miqdoriga erishish hali ham milliardlab insonlar uchun qiyinligi ta'kidlangan.
Hisobotda, 2023 yilda dunyo boʻyicha 2,33 milliard kishining oʻrtacha yoki ogʻir oziq-ovqat ta'minotsizligi bilan yuzma-yuz kelgani va ulardan 864 milliondan ortigʻi bazan bir butun kun yoki undan koʻproq vaqt davomida ovqatsiz qolganligi koʻrsatib oʻtilgan.