Ma'lum qilinishicha, yirtqich hayvon erkakni old panjalari bilan bosib turgan va tirnoqlarini uning oyog'iga botirgan. Hodisa davomida mahalliy aholi sherni tosh otish va baqirish orqali haydashga uringan. Ammo hayvonning tajovuzkorligi tufayli unga yaqinlashishga hech kim jur'at etmagan.
Shundan so'ng cho'pon kutilmagan yo'l tutgan. U asta-sekin sherni boshini silay boshlagan. Aytilishicha, yirtqich vaqti-vaqti bilan tishlarini ko'rsatib, o'kirgan, ammo erkakka tish tegizmagan.
Oqibatda sherni o'zi orqaga chekinib, yaqin atrofdagi o'rmonga kirib ketgan. Hodisa oqibatida cho'pon tirik qolgan.
Mazkur voqea aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda.






