Hindistonlik cho‘pon o‘rmondagi daraxtga kishanlab ketilgan 50 yoshli ayolni qutqarib qoldi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.
Lalita Kumar ismli bu ayol 40 kunni ovqat yemasdan va suv ichmasdan o‘tkazgan.
Baxtli tasodif tufayli qutqarib qolingan ayol shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yuborildi.
Politsiya xodimlari ayolni o‘rmonda 10 yildan beri birga yashagan eri bog‘lab ketgan, deya taxmin qilmoqda. Lalita Kumar ahvoli og‘ir bo‘lgani uchun politsiyachilar bilan gaplasha olmayapti.
Shifokorlar ayolning hayoti xavf ostida ekanini aytmoqda.






