AsosiyDunyo

Saida Mirziyoyeva Ostonada Qozog‘iston prezidenti bilan uchrashdi

Qozog‘istonda o‘tayotgan “Zakovat” xalqaro intellektual o‘yinlari munosabati bilan Ostonaga borgan O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyevani Qosim-Jomart Toqayev qabul qildi.

'Saida Mirziyoyeva Ostonada Qozog‘iston prezidenti bilan uchrashdi'ning rasmi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Ostonada O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyevani qabul qildi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 5 avgust kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning ittifoqchi va strategik xarakterini qayd etib, oliy va yuqori darajadagi siyosiy muloqotni samarali kengaytirish uchun prezident ma’muriyatlari o‘rtasida yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidladi.

Axborot, mafkuraviy, madaniy-gumanitar va ma’rifiy sohalarda, shuningdek, yoshlar siyosati sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Prezident, shuningdek, Ostonada “Zakovat” xalqaro intellektual o‘yinlari o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatladi va bu kabi tadbirlar xalqlarning madaniy yaqinlashuvida muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

''ning rasmi

Dunyo 19.09.2025 22:39

'Ramazon Qodirov 17 yoshli o‘g‘liga soliq tizimini nazorat qilishni topshirdi'ning rasmi

Dunyo 19.09.2025 18:09

Ramazon Qodirov 17 yoshli o‘g‘liga soliq tizimini nazorat qilishni topshirdi

Checheniston rahbari bu haqda o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.

''ning rasmi

Dunyo 19.09.2025 17:39

''ning rasmi

Dunyo 19.09.2025 15:43

'Kim Chen In Shimoliy Koreyada yangi dronlarni sinovdan o‘tkazdi'ning rasmi

Dunyo 19.09.2025 12:40

Kim Chen In Shimoliy Koreyada yangi dronlarni sinovdan o‘tkazdi

"Geumsong" seriyali taktik hujumchi dronlar sinovdan muvaffaqiyatli o'tdi.

'Afgʻoniston universitetlarida ayollar yozgan kitoblardan foydalanish taqiqlandi'ning rasmi

Dunyo 19.09.2025 12:31

Afgʻoniston universitetlarida ayollar yozgan kitoblardan foydalanish taqiqlandi

Shuningdek, universitetlarga 18 ta fanni o‘qitish taqiqlanganligi bildirilmoqda. Man qilingan fanlarning 6 tasi aynan ayollar haqida.