O‘zbekistonda bir oylik harbiy xizmat to‘lovi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqib belgilanadi. Kuzda mazkur miqdor oshirilishi hisobiga to‘lov narxi ham oshadi.
Joriy yil 1 oktyabrdan O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oshirilib, 1 million 155 ming so‘m etib belgilandi.
Safarbarlik chaqiruv rezervi to‘lov badali bevosita mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 7 barobariga teng. Ya’ni 1 oktyabrdan bir oylik harbiy xizmat uchun to‘lov miqdori hozirgi 7 million 350 ming so‘mdan 8 million 85 ming so‘mga oshiriladi.
Hukumat qaroriga muvofiq, safarbarlik chaqiruv rezervi safiga olingan shaxslar tomonidan pul badallari xizmatga olingandan keyin tomonlarning kelishuvi asosida, 1 yil mobaynida biryo‘la yoki bosqichma-bosqich (bo‘lib to‘lash orqali) amalga oshirilishi mumkin.