AsosiyJinoyat

Andijonda ayolni sharmanda qiluvchi audioyozuvlarni tarqatmaslik evaziga pul talab qilgan shaxslar ushlandi

Sport maktabi murabbiyi va uning sherigi 7 ming dollar so‘ragan bo‘lgan.

'Andijonda ayolni sharmanda qiluvchi audioyozuvlarni tarqatmaslik evaziga pul talab qilgan shaxslar ushlandi'ning rasmi

Andijonda sport maktabi murabbiyi ishqiy munosabatdagi ma’lumotlarni tarqatmaslik evaziga 7 ming dollar talab qildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, 2024 yilning 27 iyul kuni Andijonda ma’sullar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiyi hamda uning bir nafar jinoiy sherigi Andijon tumanida yashovchi fuqaro bir ayol bilan ishqiy munosabatda bo‘lganigi to‘g‘risidagi audioyozuvni ayolning oila a’zolariga va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim qilib, sharmanda qilishlarini aytib, ushbu harakatlarni bajarmaslik evaziga talab qilingan 7 ming AQSH dollarini olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida sport maktabi murabbiyi hamda uning sherigi shu yilning iyun oylarida fuqaroning sir saqlanishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilmaslik evaziga 3 ming AQSH dollari miqdoridagi pullarni ham tovlamachilik yo‘li bilan olgani aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 165 moddasi 2 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

'Navoiy va Buxoroda noqonuniy ravishda oltin qazilgan 37 kishi qo'lga olindi'ning rasmi

Jinoyat Bugun 16:38

Navoiy va Buxoroda noqonuniy ravishda oltin qazilgan 37 kishi qo'lga olindi

Ular ushbu xatti-harakatlari orqali davlatga 20 milliard so‘mlik zarar yetkazgan.

'Fargʻonada dala maydonidan opiy olayotgan uch kishi ushlandi'ning rasmi

Jinoyat Bugun 10:10

Fargʻonada dala maydonidan opiy olayotgan uch kishi ushlandi

Tezkor tadbir chog‘ida xalqaro “narkoguruh” a’zolari 4 kg giyohvandlik moddasi bilan qo‘lga tushdi.

'Fargʻonada janjal pichoqbozlik va avto hujumga aylandi'ning rasmi

Jinoyat 03.10.2025 09:46

Fargʻonada janjal pichoqbozlik va avto hujumga aylandi

Uchko'prik tumanida ikki fuqaro o'rtasidagi shaxsiy nizo ogir oqibatlarga olib keldi — ikki kishi shifoxonaga yotqizildi.

'Mast holda mashina olib qochgan sudya 7 yilga qamaldi'ning rasmi

Jinoyat 01.10.2025 10:15

Mast holda mashina olib qochgan sudya 7 yilga qamaldi

Ushbu matnda transport vositasini olib qochgan va hokimiyat vakiliga qarshilik ko'rsatgan

'Tok urib vafot etgan qizning onasi erini pichoqlab o‘ldirdi'ning rasmi

Jinoyat 29.09.2025 15:55

Tok urib vafot etgan qizning onasi erini pichoqlab o‘ldirdi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

''ning rasmi

Jinoyat 25.09.2025 15:18