AsosiyJamiyat

Toshkentdan bir qator shaharlarga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

Avtobus qatnovi 17 avgustdan Toshkent – Shahrisabz – Kitob, Toshkent – Yangiyer yo‘nalishidan boshlanadi.

'Toshkentdan bir qator shaharlarga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda'ning rasmi

Uzautotrans Service korxonasi joriy yilning 17 avgust kunidan Toshkent – Shahrisabz – Kitob, Toshkent – Yangiyer yo‘nalishida, 22 avgustdan Toshkent – Qarshi – Koson, Toshkent – G‘uzor – Qamashi yo‘nalishida, 23 avgust kunidan esa Toshkent – Boysun yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlarini amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi. 

Yo‘lovchilar borish va qaytish chiptalari elektron tarzda avtoticket.uz sayti hamda ATTO, UzBUS mobil ilovalari orqali sotib olishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar