AsosiyDunyo

To‘qayevning sportchilar bilan uchrashuvi qoldirildi

Qozog‘istonlik olimpiachilarda COVID-19 aniqlangan.

'To‘qayevning sportchilar bilan uchrashuvi qoldirildi'ning rasmi

Parij Olimpiadasida ishtirok etgan qozog‘istonlik sportchilarda COVID-19 aniqlandi. Bu haqida Prezident matbuot kotibi Berik Uali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 2024 yilgi Olimpiadada sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan sportchi va murabbiylarni davlat mukofotlari bilan taqdirlagan. Davlat rahbari ular bilan uchrashishni rejalashtirilgan. Biroq, ularning ayrimlari koronavirusga chalingani ma’lum bo‘lgan.

 "Afsuski, ayrim sportchilar va murabbiylarda virus aniqlandi, shu sababli uchrashuvni boshqa kunga qoldirishga to‘g‘ri keldi. Sportchilarimizga tezroq sog‘ayib ketishlarini tilaymiz",— deydi Prezident matbuot kotibi.

    Boshqa yangiliklar