AsosiyJamiyat

Sirdaryoda 954 mln so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzarlik aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi Obodonlashtirish boshqarmasida amalga oshirilgan xaridlarda qonun ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borilganini ma’lum qildi.

'Sirdaryoda 954 mln so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzarlik aniqlandi'ning rasmi

Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Sirdaryo tuman Obodonlashtirish boshqarmasida amalga oshirilgan xaridlarda qonunlar ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan joriy yilning 14 iyun sanasida "Ekskavator-Pogruzchik" xarid qilish uchun o‘tkazilgan boshlang‘ich qiymati 954 mln so‘mlik xarid jarayonida ishtirokchilarni baholashda "Raqobat to‘g‘risida"gi Qonunining 29 moddasi va "Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi Qonunining 46 moddasi talablari buzilishi holatlari aniqlangan.

Mazkur holatlarga huquqiy baho berish uchun tegishli ma’lumotlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar