AsosiyJamiyat

Toshkentdagi bog‘chada 3 yoshli bola kaltaklandi

Tarbiyachiga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

'Toshkentdagi bog‘chada 3 yoshli bola kaltaklandi'ning rasmi

Toshkent shahridagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi xodimi 3 yoshli bog‘cha tarbiyalanuvchisini haqoratlab, kaltakladi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bolalar ombudsmaniga Toshkent shahrida yashovchi I.N. va B.N. (ota-ona) tomonidan murojaat kelib tushgan. O‘z murojaatida ota-ona 2021 yilda tug‘ilgan farzandi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanishini, joriy yilning 29 iyun kuni navbatchi tarbiyachi Sh.K. (ayol) farzandini urib, haqoratlaganini bildirgan.

I.A. ning aytishicha, holat yuzasidan muassasa mudirasiga murojaat qilib, videotasvir nusxasini olmoqchi bo‘lganida mudira tomonidan ruxsat berilmagan va tarbiyachiga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmagan.

Bolalar ombudsmanining Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga so‘rovi asosida mazkur holat vazirlik mutasaddilari tomonidan o‘rganilgan.

O‘rganish natijasida bog‘cha tarbiyachisi Sh.K.ga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. Shuningdek, muassasaning keyingi faoliyati davomida bolalarga tazyiq holatlariga yo‘l qo‘ymaslik ustidan vazirlik tizimli nazorat qilishi bildirildi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:09

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.