AsosiyJamiyat

Muftiy Usmonxon Alimov yurtdoshlarimizni saylovda faol ishtirok etishga chaqirdi

Avval xabar qilinganidek, “ELECTIONS.UZ-2016” press-klubi doirasida O`zbekistonda faoliyat yuritadigan turli diniy konfessiya vakillari ishtirokida davra suhbati bo`lib o`tdi.

Uchrashuv doirasida jurnalistlar tomonidan O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovga musulmonlarning saylovda ishtiroki yuzasidan savol berildi. 

“Ayni kunlarda diyorimizda muhim siyosiy tadbir o`tkazilmoqda. Shu munosabat bilan imom va domlalarimiz ham diniy tadbirlar, amru-ma`ruflardagi ma`ruzalarida saylovning ahamiyati haqida gapirib, mo`min-musulmonlarni saylovda faol ishtirok etishga da`vat etishmoqda. Aytish joizki, dinimizda muhim qaror qabul qilishda ko`pchilikning fikri inobatga olinadi. Saylovda ham ko`pchilikning ovozini to`plagan nomzod g`alaba qozonadi. Biz saylaydigan nomzod yurtimiz istiqboli va taraqqiyotini, ertangi hayotimizning farovonligini  belgilashda katta ahamiyatga ega. Shu bois barcha hamyurtlarimizni saylovda faol ishtirok etishga chaqiraman.”

    Boshqa yangiliklar