Samarqand shahrida «Volga»ga urilgan Nexia-2 yonib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, holat 4 sentyabr kuni soat 9:50 lar atrofida Samarqand shahar Bo‘stonsaroy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Nexia-2 harakatlanib kelib, yo‘lning o‘ng tomonida yonilg‘isi tugab to‘xtab turgan «Volga»ning orqa qismiga kelib urilgan.
Oqibatda Nexia-2 da yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in zudlik bilan Samarqand shahar FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Holat oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.
Hodisa yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.