Dunyoni teskari ko`radigan bola

Dunyo 02.12.2016, 14:36
Teglar: Kasallik, Bola, Hindiston
Dunyoni teskari ko`radigan bola

Maxedra chaqaloqligidanoq, dunyoda mavjud narsalarning oyog`ini osmondan qilib ko`rishga mahkum etilgandi, deb xabar berdi “Nonbox.ru” nashri.

Maxedra tug`ilganda, muskullari juda zaif bo`lganidan, hatto boshini ham tutolmasdi. Tug`ma miopatiya uni juda nimjon qilib qo`ygandi. Uning ba`zi bir qo`shnilari “Bu bola emas, balki tavqi lan`atdir!”, deb hisoblashardi. Maxedrani davolatishga ota-onasining puli yo`q edi, ular taqdirga tan bergandi. Ammo Maxedraga yordam beradigan, kelajakka ishonch uyg`otadigan odam topildi.

Hindistonlik Maxedra ismli bolakayning kasallikdan aziyat chekayotganidan xabar topgan Juli Jons ismli ayol unga yordam berishga qaror qildi.

“Kasbim bolalar bilan bog`liq bo`lgani uchun, bir nafas bo`lsa ham Maxedrani xayolimdan chiqara olmadim”, deydi u.

Juli bolani operasiya qilish uchun odamlardan pul yig`ishga kirishdi. Natijada Maxedra haqida televizorda ko`rsatuv namoyish etildi. Kerakli mablag`ni to`plash uchun Juli ijtimoiy tarmoqlarda sahifa tashkil etdi. Qiyinchilik bilan bo`lsa-da, operasiya uchun pul yig`ildi va bir necha bosqichdan iborat bo`lgan operasiya muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirildi. 

Julining hind tilini tushunmasligi Maxedra bilan muloqot qilishiga xalaqit qilmadi. Ayol operasiya uchun yig`ilgan pulning qolgan qismiga Maxedra bilan aloqada bo`lish uchun IPad sotib olib berdi. Endi ular bemalol ijtimoiy tarmoq orqali muloqot qilishmoqda.

Sharhlar

Hindiston aeroportida 8 nafar o`zbekistonlik 5 kg oltin zanjirlar bilan qo`lga olindi (video)

18.08.2023, 11:58

Hindiston poytaxtidagi Indira Gandi nomidagi xalqaro aeroportda sakkiz nafar O`zbekiston fuqarosi qo`lga olindi. Bu haqda Hindiston bojxona departamenti xabar qildi.Ma`lum qilinishicha, ular 5,3 kilogramm oltinni...
O`zbekistonlik qizlarni Hindistonga fohishalik qilish uchun yuboradigan er-xotin aniqlandi

21.12.2022, 09:32

Odam savdosi bilan bog`liq yana bir jinoyat aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 13 dekabr kuni Toshkent viloyati...
Hindiston tarixida ikkinchi marta ayol kishi mamlakat prezidentligiga saylandi

22.07.2022, 11:01

Hindistonda bo`lib o`tgan prezidentlik saylovlarida hukmron Bharatiya Janata partiyasi a`zosi, Milliy demokratik alyans nomzodi Draupadi Murmu g`alaba qozondi, deb xabar bermoqda The Indian Express nashriga...
O`zbekiston Hindistonga Pokistonning Karachi porti orqali birinchi yukni jo`natdi

02.06.2022, 11:41

Pokistonning Karachi porti ilk bor eksport uchun O`zbekistondan tranzit yuk jo`natdi. Ma`lum qilinishicha, avval yuk quruqlikdagi transport orqali Karachi portiga etkazilib, so`ngra Hindistonga yo`l oldi.Qayd etilishicha,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1