AsosiyJamiyat

Toshkentda "Cobalt" urib yuborgan 41 yoshli erkak halok bo‘ldi

Hodisa kecha tunda Chilonzor tumani Bunyodkor shohko‘chasida sodir bo‘lgan.

'Toshkentda "Cobalt" urib yuborgan 41 yoshli erkak halok bo‘ldi'ning rasmi

Toshkent shahar Chilonzor tumanida "Cobalt" urib yuborgan 41 yoshli erkak halok bo‘ldi.

YHXB xabariga ko‘ra, hodisa 8 sentyabr kuni soat 23:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shohko‘chasida sodir bo‘lgan. 1997 yilda tug‘ilgan (erkak) J.X. "Cobalt" avtomashinasini boshqarib ketayotib, 1983 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan.

Oqibatda piyoda olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar